Milliy cholg‘u ijrochiligi san’atini rivojlantirish yo‘lida yangi hamkorlik!
03 Nov, 2026 - 17:34
48
Hamkorlik memorandumi imzolandi
Farğona viloyati Madaniyat boşqarmasi hamda “Milliy çolğu ijroçiligi” ijodiy birlaşmasi örtasida milliy san’atimiz ravnaqi yölida muhim qadam taşlandi — özaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjatni Farğona viloyati Madaniyat boşqarmasi boşliği Tojibayev Jahongir Salimoviç hamda “Milliy çolğu ijroçiligi” ijodiy birlaşmasi rahbari Qöziyev Toir Asqaroviç imzoladilar.
Uşbu memorandumdan közlangan asosiy maqsad — milliy çolğu ijroçiligi san’atini yanada yuksaltiriş, musiqiy qadriyatlarimizni yoşlar orasida keng tarğib etiş va madaniyat sohasida çinakamiga samarali hamkorlikni mustahkamlaşdan iboratdir.
Hamkorlikning ustuvor yönalişlari etib quyidagilar belgilandi:
🔹 Milliy çolğu ijroçiligi san’atini zamon talablari asosida rivojlantiriş va keng ommalaştiriş;
🔹 Boy milliy musiqa merosimizni köz qoraçiğidek asrab-avaylaş hamda kelgusi avlodlarga bezavol yetkaziş;
🔹 Iste’dodli sozandalar va yoş ijroçilarni izlab topiş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş;
🔹 Aholi, xususan yoşlar örtasida konsert dasturlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va yirik ijodiy uçraşuvlarni taşkil etiş;
🔹 Milliy musiqa san’ati sohasida mutaxassislar bilan tajriba almaşiş va mutlaqo yangi ijodiy loyihalarni hayotga tatbiq etiş.
E’tiborlisi şundaki, hamkorlik doirasidagi dastlabki tadbirlar allaqaçon start oldi.
Xususan, Qöqon şahridagi 7-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida “Milliy çolğu ijroçiligi” ijodiy birlaşmasi rahbari Toir Qöziyev iştirokida “Milliy çolğu ijroçiligi” mavzusida maxsus mahorat darsi bölib ötdi.
Uşbu mahorat darsi yoş iste’dod egalari uçun çinakam tajriba maktabi hamda katta ilhom manbai bölib xizmat qildi.