O‘zbekiston va Rossiya xalqlari do‘stligi madh etilgan tantanali konsert bo‘lib o‘tdi
06 Oct, 2026 - 22:27
52
O‘zbekiston–Rossiya do‘stligi: san’at va musiqani birlashtirgan tantanali konsert
Bugun Farg'ona shahrida joylashgan Islom Karimov nomidagi teatr va konsert saroyida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi III hududlar kengashi doirasida ikki davlat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik, madaniy aloqalar va ijodiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan do‘stlik konserti bo‘lib o‘tdi.
Konsert dasturida O‘zbekiston va Rossiyaning eng sara san’atkorlari, ijodiy jamoalari hamda taniqli ijodkorlari ishtirok etib, tomoshabinlarga yuksak saviyadagi musiqiy va badiiy chiqishlarni taqdim etdilar.
Konsertga O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin O‘rinboyev dirijyorlik qildi.
O‘zbekiston davlat simfonik orkestrining mahorat bilan ijro etgan musiqiy asarlari tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, konsert dasturiga o‘zgacha fayz va joziba bag‘ishladi.
Mazkur konsert ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarning yuksak namunasi bo‘lib, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hurmat rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.