Farg‘onada milliy kulgi va sahna san’ati rivoji yo‘lida hamkorlik!
16 Oct, 2026 - 16:39
38
Farg‘onada milliy kulgi va sahna san’ati rivoji yo‘lida hamkorlik!
2026-yil 15-oktyabr kuni Farg‘ona viloyati Madaniyat boshqarmasi hamda “Askiya, qiziqchilik va stendap” ijodiy birlashmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tadbirda Farg‘ona viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Faxriddin Gulmatov hamda hamda ijodiy birlashma ijrochi direktori Valijon Shamshiyev ishtirok etdi.
Hamkorlik doirasida mahalla — tuman — viloyat — respublika darajasidagi milliy askiya va qiziqchilik san’atini rivojlantirish, yangi ijodiy loyihalar, tanlov va festivallar tashkil etish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash hamda milliy kulgini zamonaviy sahnaga olib chiqish ko‘zda tutilgan.
Shu maqsadda, bugun Farg‘ona viloyati madaniyat boshqarmasi hamda ijodiy birlashma o‘rtasida hududdagi iqtidorli yosh ijodkorlarni izlab topish, ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarib, katta sahnaga olib chiqish hamda nufuzli xorijiy tanlov va festivallarga bosqichma-bosqich tayyorlash bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.