Boshqarma nizomi

Boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari 

Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta'minlashda ishtirok etish;

Boshqarma viloyat, tuman (shahar) hokimlari, prokuratura hududiy organlari, ichki ishlar va davlat soliq xizmati rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar (keyingi oʻrinlarda - kompleks ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar) bilan hamkorlik qilish

Madaniyat faoliyati sohasida qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish;

tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari faoliyatini muvofiqlashtirish va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

madaniyatni rivojlantirish boʻyicha milliy va hududiy dasturlar bajarilishiini, rivojlantirish dasturlarining amaldagi ijrosini ta'minlash choralarini koʻrish;

hududda madaniyat boʻlinmalari hamda boshqa tashkilotlaming madaniyat sohasidagi ishini muvofiqlashtirish;

hududdagi madaniyat faxriylari va boshqa mutaxassislami davlat boshqamvining boshqa hududiy organlari bilan birgalikda ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal etish;

hududda madaniyat rivojlantirish istiqbollarini belgilash;

mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolaming oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda madaniyat sohasini ommalashtirish ishlarini tashkil qilish;

jahon ilmiy-texnik taraqqiyoti yutuqlari, xorijiy mamlakatlaming ilgʻor tajribasi umumlashtirilishini hamda bu yutuqlaming hududda joriy qilinishini ta'minlash;

hududda konferensiyalar, koʻrgazmalar va tadbirlar oʻtkazish; madaniyat sohasiga tegishli nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati rivojlanishiga yordam berish;

kadrlami milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik, yuksak ma'naviyat va professionalizm ruhida tayyorlash boʻyicha ishlami tashkil etish, hududda aholining oʻz jismoniy, umumta'lim va madaniy darajasini oshirishga boʻlgan intilishlarini rag batlantirish ishlarini olib borish;

xalqaro aloqalami amalga oshirish va rivojlantirish, hamkorlik boʻyicha xalqaro loyihalami ishlab chiqishda ishtirok etish, sohaga xorijiy investitsivalar hamda grantlami jalb qilishda qatnashish;

tegishli hududda madaniyatni rivojlantirish toʻg'risidagi axborotni toʻplash va tahlil qilishni amalga oshirish va uni vazirlikka, mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etish;

madaniyat sohasi subyektlariga ulaming faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq masalalarda metodik va maslahat yordamini koʻrsatish; madaniyat sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ulaming malakasini oshirish boʻyicha belgilangan tadbirlarda hamda hududning ta'lim muassasalarini yuqori malakali kadrlar va boshqa mutaxassislar bilan ta'minlashda ishtirok etish;

hududda madaniyat sohasidagi dasturlami tashkil qilish, ommaviy adabiyotlami chop etishga hamda ushbu mavjud video va kino materiallar ishlab chiqilishiga yordam koʻrsatish va ishtirok etish;

xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, moliyaviy institutlaming grantlari, kreditlari va homiylik xayriyalarini jalb etish choralarini koʻrish;

tuman (shahar) madaniyat boʻlimlarida, davlat madaniyat tashkilotlarida ichki auditni tashkil etish hamda amalga oshirish; hududlarda davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish boʻyicha amaliy choralar qabul qilish;

davlat madaniyat tashkilotlarida zamonaviy xavfsizlikni ta'minlash vositalari va innovatsion texnologiyalami joriy qilish boʻyicha tadbirlami tashkil etish;

davlat madaniyat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash va ular infratuzilmasini rivojlantirish masalalari borasida mahalliy davlat hokimiyati organlari reytingini tuzishda ko'maklashish;

davlat madaniyat tashkilotlari xodimlari kasbiy faoliyatiga bogʻliq bo'Imagan turli xil ishlarga jalb qilinishiga qat'iyan yo'l qoʻyilmasligini ta'minlash.

 Boshqarmaga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalami amalga oshiradi:

Boshqarma va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan ta'minlaydi;

tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, vazirlikning buyruqlari bajarilishi ustidan muntazam nazorat qilinishini ta'minlaydi;

tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari tomonidan kiritiladigan hujjatlaming sifatli va oʻz vaqtida qayta ishlanishini, ulaming iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi;

tuman (shahar) madaniyat boʻimlari faoliyatiga rahbarlik qladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; mahalliy miqyosdagi budjetdan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlar xarajatlarini moliyalashtirishni, buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etadi;

idoraviy mansub tashkilotlami moddiy-texnik jihatdan ta'minlashni tashkil etadi;

idoraviy mansub tashkilotlaming binolari va inshootlarini joriy ta'mirlash ishlari monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;

jismoniy va yuridik shaxslaming murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi; vakolatiga tegishli tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xoʻjalik masalalari va boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi.

Farg'ona viloyati madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

  • Farg'ona viloyati, Farg'ona shahri, Yuksalish ko'chasi, 59-uy
  • +998555023377
  • fargona@madaniyat.uz
  • Ish vaqti:
    Dush. - Jum. 09:00 - 18:00
Topilgan xatoni izohlash